Toshkentda bir yilda 170 mingdan ortiq yo‘l haqi jarimasi yozildi

Toshkent avtobuslarida 2025 yil oktyabr oyidan 2026 yil 10 noyabrga qadar chiptasiz yurgan yo‘lovchilarga nisbatan 170 937 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Ularning orasida 22 929 nafar yo‘lovchi ushbu qoidabuzarlikni ikki yoki undan ortiq marta sodir etgan.
Takroriy qoidabuzarliklar bo‘yicha ma’lumotlar quyidagicha:
• 17 327 nafar yo‘lovchi ikki marta;
• 4 033 nafar yo‘lovchi uch marta;
• 1 099 nafar yo‘lovchi to‘rt marta;
• 461 nafar yo‘lovchi besh martadan to‘qqiz martagacha;
• 9 nafar yo‘lovchi esa o‘n marta yoki undan ko‘p jarimaga tortilgan.
Keltirilgan raqamlar ayrim yo‘lovchilar jarimaga tortilganidan keyin ham avtobuslarda chiptasiz yurishni davom ettirayotganini ko‘rsatadi.
Chiptasiz yo‘l haqi to‘lamasdan harakatlanish uchun jarima Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 144-moddasi 5-qismiga asosan qo‘llanadi. Har bir yangi qoidabuzarlik uchun yo‘lovchi yana ma’muriy jarimaga tortilishi mumkin.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…