Yo‘l o‘rtasida to‘pponcha bilan tahdid qilgan haydovchi qamaldi

1 daqiqa o'qish120
Yo‘l o‘rtasida to‘pponcha bilan tahdid qilgan haydovchi qamaldi

Toshkent shahrida boshqa haydovchiga to‘pponcha bilan tahdid qilgan shaxsga nisbatan sud qarori e’lon qilindi. Huquqbuzar 10 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm etildi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea joriy yilning 19 iyul kuni sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchining aytishicha, noma’lum shaxs o‘z avtomobili bilan uning yo‘lini ataylab to‘sgan va qo‘lidagi to‘pponchaga o‘xshash buyum bilan tahdid qilgan.

Hodisadan so‘ng haydovchi zudlik bilan 102 xizmatiga murojaat qilgan. Keyinchalik u Toshkent shahar Uchtepa tumani Ichki ishlar bo‘limiga chaqirtirilib, arizasi hamda tushuntirish xati qabul qilingan. Biroq, uning ta’kidlashicha, videomurojaat ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgunga qadar holat yuzasidan amaliy natija kuzatilmagan.

Jabrlanuvchi qurol bilan harakatlangan shaxs boshqa fuqarolar uchun ham xavf tug‘dirishi mumkinligini bildirib, huquqni muhofaza qiluvchi organlardan unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan. Shuningdek, u aybdor aniqlanib, javobgarlikka tortilmaguncha ushbu voqeani jamoatchilik e’tiborida saqlash maqsadida videoni keng tarqatishga chaqirgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qoidabuzarning shaxsi aniqlanib, u qo‘lga olingan. Keyinchalik holat bo‘yicha materiallar Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudida ko‘rib chiqilgan.

Sud qoidabuzarning harakatlarini Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi — mayda bezorilik deb baholadi. Sud qaroriga muvofiq, unga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, fuqarolar yo‘llarda bunday xavfli xatti-harakatlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilishi zarurligini ta’kidlamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?