Toshkentda kuryer BYD mashinasini turtib olgani uchun kaltak yedi

1 daqiqa o'qish162
Toshkentda kuryer BYD mashinasini turtib olgani uchun  kaltak yedi

Toshkent shahrida BYD avtomobili haydovchisi va skuter boshqargan kuryer o‘rtasida yuz bergan janjal ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Voqea aks etgan video tarqalgach, haydovchiga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 19 iyuldan 20 iyulga o‘tar kechasi Uchtepa tumanidagi «Vatan» chorrahasida sodir bo‘lgan. Dastlab skuter haydovchisi va BYD avtomobili boshqaruvchisi o‘rtasida yo‘l harakati qoidalari bilan bog‘liq kelishmovchilik yuzaga kelgan.

Haydovchining ta’kidlashicha, kuryer harakat vaqtida e’tiborsizlik qilgani sababli to‘qnashuv xavfi paydo bo‘lgan. Biroq voqea yo‘l-transport hodisasiga aylanmagan.

Shundan keyin ikki tomon o‘rtasida og‘zaki tortishuv boshlangan. Haydovchi jahl ustida kuryerga bir marta qo‘l ko‘targanini tan oldi. Keyinchalik u qilgan ishidan afsusda ekanini bildirib, jabrlanuvchi va voqeaga guvoh bo‘lgan fuqarolardan ochiqchasiga uzr so‘radi.

Uning aytishicha, voqea vaqtida u o‘z avtomobilini emas, balki tanishining mashinasini boshqargan. Shu bois transport vositasiga zarar yetishi mumkinligidan xavotirga tushib, hissiyotlarini jilovlay olmagan.

«Jahlga berilib, noto‘g‘ri ish qildim. Bu harakatim uchun kuryerdan ham, bu holatni ko‘rgan barcha insonlardan ham chin dildan uzr so‘rayman», — dedi haydovchi.

Toshkent shahar IIBB ma’lumotiga ko‘ra, mazkur holat bo‘yicha haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari asosida hujjatlar rasmiylashtirilgan. To‘plangan materiallar qonuniy qaror qabul qilinishi uchun tuman sudiga yuborilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?