Toshkentda Spark'ni o‘g‘irlagan shaxs Portugaliya o‘yiniga pul tikmoqchi bo‘lgan
1 daqiqa o'qish182

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida AYOQSH hududidan Spark avtomobilini olib qochgan shaxs ushlandi.
Ma’lum qilinishicha, gumonlanuvchi mashinani qismlarga ajratib sotishni rejalashtirgan. U tushgan pulni bukmekerlik idorasida Portugaliya terma jamoasining g‘alabasiga tikmoqchi bo‘lgan.
Uning aytishicha, Portugaliya o‘yinidan keladigan yutuq orqali mavjud qarzlarini yopishni o‘ylagan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘g‘irlangan avtomobilni Bektemir tumani hududidan topgan. Mashina egasiga qaytarilgan.
Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

































Izohlar0
…