Bektemirda narkotik moddalarni tarqatishga uringanlar fosh etildi

1 daqiqa o'qish155
Bektemirda narkotik moddalarni tarqatishga uringanlar fosh etildi

Bektemir tumanida tezkor-profilaktik tadbirlar davomida giyohvandlik vositalarini «zakladka» usulida tarqatgani gumon qilingan shaxslar ushlandi.

Dastlabki holat «Iyk-ota» mahallasida qayd etilgan. Patrul-post xizmati xodimlari xizmat vaqtida ikki nafar fuqaroni shubhali deb topib, ularni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirgan.

Ko‘rik davomida ularning yonidan 43 ta alohida qadoqlangan giyohvandlik vositasi aniqlangan. Moddalar sotishga tayyor holatda bo‘lgani aytilmoqda.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi asosida jinoyat ishi ochildi. Ikki gumonlanuvchi qamoqqa olingan.

Shuningdek, tuman ichki ishlar xodimlari o‘tkazgan maxsus tadbirda yana bir shaxs qo‘lga olindi. Uning shaxsiy ko‘rigida 15 ta qadoqlangan giyohvandlik vositasi topildi va belgilangan tartibda musodara qilindi.

Ushbu holat bo‘yicha ham tergov harakatlari boshlangan. Gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan.

Ichki ishlar organlari giyohvandlik vositalari tarqalishining oldini olishga qaratilgan reydlar davom ettirilishini bildirdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?