Ikki ijro ishi ikki oilaga yarashuv va xotirjamlik olib keldi

Majburiy ijro byurosining Zarbdor tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan aliment undirish to‘g‘risidagi 2 ta ijro ishi yuzasidan taraflar bilan tushuntirish va profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Ijro harakatlari jarayonida ota-onalarga farzandning huquq va manfaatlari, uni moddiy ta’minlashda har ikki tomonning mas’uliyati hamda oilaviy munosabatlarda o‘zaro hurmat va murosa muhimligi tushuntirildi.
Olib borilgan ishlar natijasida 2 ta oila yarashtirildi. Eng muhimi, nizoli masala murosali yo‘l bilan hal qilinib, farzandlar manfaati yo‘lida ota-onalar o‘rtasida kelishuvga erishildi.
Bunday yarashuvlar aliment masalasida nafaqat qarzdorlikni bartaraf etish, balki oilada sog‘lom muhitni tiklash va farzandlarning har tomonlama ta’minotini ta’minlashga xizmat qiladi.































Izohlar 0
…