Toshkentda musiqali favvora kutilmaganda odamlar tomon suv sepb yubordi

Toshkentda musiqali favvora kutilmaganda odamlar tomon suv sepb yubordi

Toshkentdagi Seoul Mun savdo majmuasida kutilmagan holat yuz berdi. Majmua hududidagi musiqali favvora to‘satdan odamlar tomon suv sepa boshladi.

Hodisa paytida ko‘plab tashrif buyuruvchilar majmuadagi ovqatlanish joylarida vaqt o‘tkazayotgan bo‘lgan. Kutilmagan suv oqimi esa ular uchun noodatiy manzarani yuzaga keltirgan.

Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi va foydalanuvchilar orasida turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Hozircha Seoul Mun ma’muriyati favvoradagi ushbu holat sabablari yuzasidan rasmiy izoh bermagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar