42 yoshli sobiq imom-xatib bolalarga diniy dars berayotganda narkotik ta’sirida bo‘lganligi aniqlandi

42 yoshli sobiq imom-xatib bolalarga diniy dars berayotganda narkotik ta’sirida bo‘lganligi aniqlandi

42 yoshli sobiq imom-xatibning voyaga yetmagan bolalarga uyida diniy dars bergani, ayrim mashg‘ulotlarni esa giyohvand modda ta’sirida o‘tkazgani aniqlangani haqida xabar berildi. Erkak har bir boladan dars uchun 100 dollardan pul olgani aytilmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan uning uyida tintuv o‘tkazilgan. Tintuv davomida opiy va marixuana aniqlangan.

Shuningdek, tergov jarayonida erkak bolalarga ayrim darslarni giyohvand modda iste’mol qilganidan keyin o‘tgani ma’lum bo‘lgan.

Voyaga yetmaganlarga ta’lim beruvchi shaxsning bunday holatda bo‘lgani jiddiy savollarni yuzaga keltirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 42 yoshli erkak ilgari imom-xatib sifatida faoliyat yuritgan. Keyinchalik esa uyida voyaga yetmagan bolalarga diniy saboq bera boshlagan.

Har bir o‘quvchidan dars uchun 100 dollar olgani aytilmoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar