Sergelida yangi qurilayotgan masjidda yong‘in chiqdi

Sergelida yangi qurilayotgan masjidda yong‘in chiqdi

Bugun, 2 oktyabr kuni Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi yangi qurilayotgan masjid binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa masjidning gumbaz qismida yuz bergan. Bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, soat 08:47 da Yangihayot tumani, Sergeli 4-dahasida joylashgan yangi qurilayotgan masjid binosining gumbaz qismi tutayotgani haqida Favqulodda vaziyatlar xizmatiga xabar kelib tushgan.

Shundan so‘ng qutqaruv ekipajlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan. Tezkor harakatlar natijasida vaziyat Toshkent shahar FVBB tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in oqibatida masjid binosining gumbaz qismidagi penopoliuritan materiallari yonib, zararlangan. Qutqaruvchilar tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in soat 12:04 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hozirda hodisa oqibatlari va yetkazilgan zarar bilan bog‘liq ma’lumotlar o‘rganilmoqda. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, yong‘in natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar