12:22 / 26.07.2017
8 680

Eron yangi valyutaga o‘tmoqda

Eron yangi valyutaga o‘tmoqda
Eron amaldagi rialning o‘rniga “tuman” pul birligiga o‘tmoqda, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.

Bu haqda mamlakat vazirlar mahkamasining kotibi Muhsin Hoji Mirzoiy xabar berdi.

“Pul hisob-kitobini soddalashtirish maqsadida shu qarorga keldik. Bir tuman o‘n rialga teng bo‘ladi, bu bilan bitta nolni kamaytirishga muvaffaq bo‘lamiz”, dedi u. Eronda 1932 yilga qadar tuman muomalada bo‘lib, keyinchalik rialga o‘tilgan edi. Endi esa aksincha tumanga qaytilmoqda. Boshqa pul birligiga o‘tish hukumat iqtisodiy komissiyasi tomonidan olti oy mobaynida o‘rganildi. Pul islohoti loyihasi o‘tgan yilning noyabr oyida taqdim etilgan edi.

Hozirga qadar tuman Eronning norasmiy pul birligi hisoblanib kelgan. Eronliklar kundalik hayotlari davomida “tuman” so‘zini muntazam ravishda ishlatib kelishi chalkashliklarni yuzaga keltirar edi. Rial so‘nggi yillarda juda qadrsizlanib ketdi. Ayni paytda AQSh dollari Eronda 39 ming rialni tashkil etgan bo‘lsa, endidan boshlab, 3,9 ming tumanni tashkil qiladi. Eronda bitta belgini denominasiya qilib, pul kupyuralaridagi uchta yoki to‘rtta nolni olib tashlash taklif etilgan edi, ammo bunday keskin qadam qo‘ymaslikka qaror qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Eron yangi valyutaga o‘tmoqda