10 868
2017 yil 1 oktyabrdan zargarlik buyumlarini lisenziyasiz ishlab chiqarish noqonuniy bo‘ladi
Prezidentning 10.08.2017 yildagi PQ-3199-son “Zargarlik sanoatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi, deb xabar bermoqda «Norma.uz» sayti.
2017 yil 1 oktyabr kunidan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qimmatbaho metallardan zargarlik va boshqa buyumlar ishlab chiqarish Markaziy bank huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi tomonidan beriladigan lisenziya asosida amalga oshiriladi. Davlat asillik darajasini belgilash palatasining ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi bekor qilinmoqda.
Zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarish uchun qimmatbaho metallarni quyidagi sxema bo‘yicha oladi:
- vakolatli tijorat banklariga Markaziy bank tomonidan tasdiqlanadigan shakllar bo‘yicha zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish hajmlarini ko‘rsatgan holda ishlab chiqaruvchining qimmatbaho metallarga bo‘lgan ehtiyojini ko‘zda tutadigan buyurtmalar yuboriladi;
- vakolatli tijorat banklari ishlab chiqaruvchilarning zargarlik buyumlariga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib, Markaziy bankka zarur hajmlarda qimmatbaho metallarni ajratish to‘g‘risidagi buyurtmani yuboradi;
- Markaziy bank vakolatli tijorat banklari buyurtmalariga asosan plastina ko‘rinishidagi vazni 100 grammdan boshlanadigan qimmatbaho metallarni milliy valyutaga to‘liq oldindan to‘lov shartlarida London qimmatli metallar birjasining ertalabki fiksing narxidan kelib chiqib ajratadi (qimmatbaho metallarning sof og‘irligiga qayta hisoblab);
- vakolatli tijorat banklari zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni qayta sotish huquqisiz, 1%dan ko‘p bo‘lmagan miqdorda marja undirgan holda sotadi.
2020 yil 1 yanvargacha:
- tijorat banklari Prezidentning 10.08.2017 yildagi PQ-3199-son qaroriga muvofiq qimmatbaho metallarni sotish borasida QQS va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni to‘lashdan ozod etildi;
- zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilar zargarlik buyumlarini sotishda, jumladan eksportga sotishda bo‘shaydigan mablag‘larni ishlab chiqarishni rekonstruksiya qilish va modernizasiya qilishga, shuningdek aylanma mablag‘larini to‘ldirishga maqsadli yo‘naltirgan holda aksiz solig‘i va QQS to‘lamaydi.
Bundan tashqari, 2018 yil 1 yanvardan:
- chakana savdo tarmog‘ida sotiladigan zargarlik buyumlariga aksiz solig‘i;
- ustav fondida (kapitalida) davlat ulushi bo‘lgan korxonalar tomonidan amalga oshiriladigan va “O‘zbekiston Respublikasi hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtiriladigan affinlangan qimmatbaho metallarni qayta ishlash jarayoni texnik-iqtisodiy asoslarini Tashqi savdo vazirligi bilan kelishish bekor qilindi.
2017 yil 1 oktyabrgacha bo‘lgan muddatda Markaziy bank respublika hududlarida belgilangan tartibda zargarlik buyumlarining asillik darajasini belgilash va tamg‘alashni amalga oshiradigan Davlat asillik darajasini belgilash palatasining filiallari tashkil etilishini ta’minlaydi.
«1-Zargarlik korxonasi» davlat korxonasining Toshkent shahar, Zargarlik ko‘chasi, 46B-uy manzilidagi mulkiy kompleksi zamonaviy zargarlik ishlab chiqarishini tashkil etish bo‘yicha investisiya loyihasini amalga oshirish uchun “Asaka” aksionerlik-tijorat bankiga o‘tkaziladi (2018 yil oxirigacha foydalanishga topshiriladi). “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»