
Buyuk davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov vafot etganiga hademay 1 yil to‘ladi. Islom Karimov hayot bo‘lganida 80 yoshni qarshilash arafasida turgan bo‘lardi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy memorial majmua Islom Karimov tavalludiga 80 yil to‘lishi oldidan “Islom Krimov xotirasiga bag‘ishlangan eng yaxshi ilmiy-ommabop maqola” ko‘rik-tanlovini e’lon qildi.
Materiallar quyidagi talablar asosida saralanadi:
*Birinchi Prezidentning mustaqillikni qo‘lga kiritish va milliy davlatchilikni qurishdagi tarixiy roli va ulkan hissasini yoritish;
*Islom Karimovning hayot yo‘li va ko‘p qirrali faoliyatini ko‘rsatib berish;
*Mustaqil O‘zbekistonning Islom Karimov rahbarligida shakllanishi va mustahkamlanishi tarixi;
Ko‘rik-tanlovga 2016-2017 yillarda mahalliy hamda xorijiy gazeta va jurnallarda chop etilgan, internet nashrlarida berilgan materiallar 2017 yilning 31 dekabriga qadar qabul qilinadi.
Tanlov g‘oliblari uchun quyidagi mukofotlar belgilangan:
*G‘olib – maxsus diplom va respublikada belgilangan eng kam ish haqining 100 barobari miqdorida pul mukofoti;
*2 ta ikkinchi o‘rin – maxsus diplom va respublikada belgilangan eng kam ish haqining 75 barobari miqdorida pul mukofoti;
*3 ta uchinchi o‘rin – maxsus diplom va respublikada belgilangan eng kam ish haqining 50 barobari miqdorida pul mukofoti.
Tanlov haqida batafsil ma’lumotni quyidagi video orqali olishingiz mumkin.
Manba: Qalampir.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar