5 276
Samarqandda nogironlik nafaqasiga chiqarish uchun 300 dollar so‘ragan shifokor o‘z uyida qo‘lga olindi
Firibgarlik jinoyatining oldini olish borasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining Samarqand viloyat boshqarmasi fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘rganib, turli xil soha vakillari tomonidan o‘z mansab vakolatini suiste’mol qilgan holda firibgarlik yo‘li bilan o‘zganing mulkiga ega chiqish holatlarini aniqlamoqda.
Xalqimizda shifokorlar oq xalatdagi oqko‘ngil insonlar deyishadi. Afsuski, oq xalat ostida o‘zining qora niyatlarini amalga oshirib kelayotgan ustamon shifokorlar ham yo‘q emas. Joriy yilning 10 iyul kuni fuqaro Sharipovaning murojaati asosida Pastdarg‘om tuman Tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limi navbatchi shifokori Vafoqul Rustamov uni nogironlik nafaqasiga chiqarish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishni 59-sonli Pastdarg‘om tumanlararo mehnat ekspertiza komissiyasi vakolatli shaxslari orqali hal qilib berishni va’da qilib, 300 AQSh dollari miqdoridagi pulni talab qilishadi.
Nafs insonni nelarga etkaklamaydi deysiz, pora evaziga o‘zganing muammosini hal qilib bermoqchi bo‘lgan Vafoqul Rustamov o‘z uyida belgilangan pulning 700 ming so‘mini olayotganda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Shuningdek, joriy yilning 12 may kuni fuqaro Mo‘minovning arizasi asosida Samarqand tuman prokuraturasi va Departamentning Samarqand viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Samarqand tumani «Zarafshon» elektr tarmoqlari korxonasi huquqshunos yordamchisi Nozirjon Tohirov tomonidan huquqshunos Nazir Ne’matov xabardorligida Mo‘minovga nisbatan tuzilgan dalolatnoma bo‘yicha qarzdorlikni yo‘q qilib, elektr energiyasidan qarzdorligi yo‘qligi haqida ma’lumotnoma tayyorlab berish evaziga fuqaro Mo‘minovdan 250 ming so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtda tezkor xodimlar tomonidan ushlanib, xolislar ishtirokida rasmiylashtirildi.
Mamlakatimizda tadbirkorlarga keng imkoniyatlar yaratilib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator qaror va farmonlar chiqarilmoqda. Ammo ayrim uddaburon rahbarlarning noqonuniy xatti-harakati evaziga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqarolarning niyati amalga oshmay qolmoqda.
Joriy yilning fevral oyida fuqaro I.Tillaevni arizasi yuzasidan o‘tkazilgan tadbirda, Samarqand shahri MChJ shaklidagi «Marmar bozori» dehqon bozori direktori Ulug‘bek Axunov va boshqalar til biriktirib, fuqaro I.Tillaevga bozor xududidan ko‘chma shoxobcha o‘rnatish uchun joy ajratish va hokimiyat orqali ruxsat beruvchi hujjatlarni tayyorlab berish evaziga 150 AQSh dollarni direktor o‘rinbosari fuqaro Shodiev orqali olgan vaqtda ushlandi.
Ayni paytda, yuqoridagi holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...