«O‘zstandart» 8 tonnali oshga sertifikat berdi

1 daqiqa o'qish8K
«O‘zstandart» 8 tonnali oshga sertifikat berdi
8 sentyabr, juma kuni “Oʻzbegim” Milliy qadriyatlar festivali doirasida Toshkentda dunyodagi eng katta palov tayyorlanadi. Palovning miqdori 8 tonnaga yaqin bo‘lishi va u “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kiritilishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda rekord o‘rnatishga tayyorgarlik davom etmoqda. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart» agentligi) mutaxassislari o‘lchov asboblarini barcha zarur sinovlardan o‘tkazdi va bu asboblarga 2017 yilning 16 avgustida 1890-raqamli muvofiqlik sertifikati berildi. Bu haqda agentlikning Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qilindi.
«O‘zstandart» 8 tonnali oshga sertifikat berdi
Boshqa rekordlarda bo‘lgani singari, festivalda Guinness World Records’ning rekordlarni qayd etuvchi maxsus komissiyasi ishtirok etib, rekord o‘rnatish uchun zarur barcha mezon va shartlarning bajarilishini kuzatib boradi. Uning asosiy shartlaridan biri ovqatning og‘irligini qayd etuvchi, sertifikatsiyadan o‘tgan tarozilarning bo‘lishidir.

Shunday qilib, rekord o‘rnatish uchun hamma narsa tayyor.

Manba: Uz24.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?