Ikki yoshli bola uch yoshigacha ikki rekord o‘rnatdi

1 daqiqa o'qish4K
Ikki yoshli bola uch yoshigacha ikki rekord o‘rnatdi

Britaniyalik Jud Ouens hali uch yoshga ham to‘lmay turib, snuker va pul o‘yini bo‘yicha ikki bor Ginness rekordini yangiladi.

Jud snuker bilan juda kichik yoshidan shug‘ullana boshlagan. U kattalar uchun mo‘ljallangan stolda murakkab zarbalarni bajarib, tengdoshlaridan ajralib turgan.

Ginness jahon rekordlari ma’lumotiga ko‘ra, Jud 2 yosh 261 kunligida snukerda ikki sharni bir zarbada tushirish bo‘yicha eng yosh ishtirokchiga aylangan.

Oradan ko‘p o‘tmay, u yana bir rekordni qayd etdi. Jud 2 yosh 302 kunligida pul o‘yinida bank shot amalga oshirib, ushbu natija bo‘yicha ham eng yosh rekordchi bo‘ldi.

Qizig‘i, Jud kattalar uchun mo‘ljallangan snuker stoliga yetishi uchun maxsus kursichadan foydalanadi. Shunga qaramay, u murakkab zarbalarni aniq bajara olishi bilan ko‘pchilikning e’tiborini tortgan.

Shu tariqa, hali uch yoshga ham yetmagan Jud Ouens Ginness kitobiga ikki karra rekordchi sifatida kirdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?