Toshkent tumanida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilmoqda

1 daqiqa o'qish8K
Toshkent tumanida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilmoqda
Mamlakatda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va texnologik jihatdan qayta jihozlash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlanishi har yili minglab yangi ish o‘rinlarini yaratilishiga imkoniyat yaratmoqda. Bu, o‘z navbatida, o‘ta dolzarb muammo hisoblangan aholi, avvalambor yoshlar bandligini ta’minlash imkonini bermoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.

Albatta, aholining bandligini ta’minlash, shu jumladan litsey va kollej bitiruvchilarini ishga joylashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.

Chunki, ish bilan band bo‘lgan shaxs deyarli huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etmaydi, ishchi-xodimlarda turli salbiy holatlarni kelib chiqishiga sharoit yaratadigan bo‘sh vaqti kam bo‘ladi, ish joyi uni yetuk mutaxassis bo‘lishiga xizmat qiladi hamda u o‘z kasbi va ustozlari yordamida xalqimizga xizmat qilish ruhida tarbiyalanadi.

Shu bois, aholi bandligini ta’minlash, ularni ishga joylashtirishda qulaylik yaratish va bo‘sh ish o‘rinlarini ularning e’tiboriga yetkazish maqsadida, tuman prokuraturasi va Toshkent tumani bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda joriy yilning 18 sentyabr kuni soat 14:00da bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etilmoqda.

Ushbu yarmarka Toshkent tumani, “Darxon” MFY hududida joylashgan Ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida o‘tkazish rejalashtirilib, unda Zangiota va Toshkent tumanidagi 220 ta korxona hamda tashkilotlar tomonidan 1401 ta ish o‘rinlari taklif etilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?