O‘zbekiston Prezidenti AQShga jo‘nab ketdi
1 daqiqa o'qish7.1K

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 sentyabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketdi.
Avval xabar qilinganidek, Prezidentimiz BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi umumiy muzokaralarida nutq so‘zlaydi. Nyu-York shahriga tashrifi doirasida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Xalqaro valyuta fondi taqsimlovchi direktori Kristin Lagard, Jahon banki guruhi prezidenti Jim Yon Kim hamda BMT Bosh Assambleyasiga tashrif buyurgan boshqa davlat rahbarlari bilan uchrashib, muzokaralar o‘tkazadi.
Davlatimiz rahbari, shuningdek, keng doiradagi O‘zbekiston – Amerika biznes-forumida ishtirok etadi. Biznes-forum yakunlari bo‘yicha ikki davlat yetakchi firma va kompaniyalari rahbarlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, moliyaviy-sarmoyaviy sohalarda ko‘plab ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

- #O‘zbekiston Respublikasi
- #Shavkat Mirziyoyev
- #Amerika Qo‘shma Shtatlari
- #BMT Bosh Assambleyasi
- #Nyu-York shahri
- #Xalqaro Valyuta Fondi
- #Biznes-forum
- #Moliya va Sarmoya
- #Davlat rahbari
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar

Izohlar0
…