00:09 / 06.10.2017
7 906

Yosh yigitni vaxshiylarcha urib, videoyozuvini tarqatgan besh nafar shaxs qo‘lga olindi

Yosh yigitni vaxshiylarcha urib, videoyozuvini tarqatgan besh nafar shaxs qo‘lga olindi
Joriy yilning 29 sentyabr kuni Farg‘ona viloyatida bir guruh shaxslar bir fuqaroning sha’ni, qadr-qimmatini poymol qilgan va ushbu holatni tasvirga olib, videorolikni internet tarmog‘i orqali tarqatgan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda bir necha noma’lum shaxslar yosh yigitni vaxshiylarcha do‘pposlayotgani va haqorat qilayotgani aks ettirilgan.

Ichki ishlar organlari tomonidan Farg‘ona viloyatida yashovchi fuqaroning sha’ni, qadr-qimmatini poymol qilganlikda va ushbu holat tasvirlangan videorolikni internet tarmog‘i orqali tarqatganlikda gumonlanayotgan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, yuqorida qayd etilgan jinoyatni sodir etgan besh nafar shaxslar aniqlanib, ushlandilar. Ulardan 5 dona mobil telefonlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismi, 112-moddasi 1-qismi, 140-moddasi 2-qismi, 164-moddasi 2-qismi, 277-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Hozirda ushlangan shaxslarning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi o‘rganilmoqda.

Manba: Qalampir.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yosh yigitni vaxshiylarcha urib, videoyozuvini tarqatgan besh nafar shaxs qo‘lga olindi