«Super kontrakt»dagilar​ uchun o‘qish qachon boshlanadi?

1 daqiqa o'qish24.9K
«Super kontrakt»dagilar​ uchun o‘qish qachon boshlanadi?
2017 yil 20 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida​»gi 393-sonli qarori qabul qilingandi.

Unga ko‘ra, abituriyentlarni to‘lov-kontrakt bo‘yicha belgilangan kvotadan tashqari qo‘shimcha ravishda o‘qishga qabul qilish tartibiga oydinlik kiritilgan. Soddaroq qilib aytganda, «super kontrakt» amaliyotini joriy etish jarayoni qaror bandlari bilan aniq ifodalab berilgan.

2017/18 yilgi davlat qabul imtihonlarida yetarli ball to‘play olmay, talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar oshirilgan stavka bo‘yicha kontrakt-to‘lov summasini to‘lashga rozi bo‘lsa, o‘qish istagini bildirgan oliygoh huzurida tashkil etilgan Qabul komissiyaga murojaat etib, yozma ariza kiritishi so‘raladi. Eslatib o‘tamiz, ariza topshirish muddati ertaga, 10 oktyabr kuni yakuniga yetadi.

Qo‘shimcha qabulni amalga oshirish takliflari oliy ta’lim muassasalari tomonidan bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda 15 oktyabrga qadar Davlat komissiyasiga kiritiladi hamda belgilangan sanadan so‘ng qo‘shimcha qabul bo‘yicha natijalar e’lon qilinadi.

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmatining Kun.uz nashriga ma’lum qilishicha, oshirilgan stavka kontrakt-to‘lovi bo‘yicha o‘qishga qabul qilingan talabalar ro‘yxati joriy yilning 30 oktyabr kuni e’lon qilinadi va shundan boshlab o‘qishni to‘laqonli boshlashi mumkin.

Manba: Kun.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?