Toshkentda tuyalar karvoni ko‘rinishidagi sayyohlik ob’yekti paydo bo‘ldi

1 daqiqa o'qish9.7K
Toshkentda tuyalar karvoni ko‘rinishidagi sayyohlik ob’yekti paydo bo‘ldi
9 dekabrda Toshkentning Chilonzor tumanida sayyohlik namoyishi ob’yekti – yo‘lga chiqayotgan karvon va ramziy quduq ko‘rinishidagi installyatsiya ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi matbuot xizmatiga tayanib Kun.uz yozmoqda.

Ushbu installyatsiya g‘oyasi asosiy qismi O‘zbekiston hududidan o‘tgan Buyuk Ipak yo‘lini aks ettirishdan iborat.

Ushbu ob’yekt yangi ishlab chiqilayotgan sayyohlik yo‘nalishlariga kiritiladi. Marosimda ishtirok etgan xorijlik sayyohlarning fikricha, karvon va quduq Ipak yo‘liga xoslikni to‘liq aks ettiradi va shubhasiz, O‘zbekistonga keluvchi xorijliklar orasida ommalashadi.

Qayd etib o‘tish joizki, ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi Chilonzor tumani hokimiyati bilan birgalikda tumanda kichik sayyohlik klasterini yaratish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan. Jumladan, Yu.Gagarin ko‘chasini sayyohlar shoping qilishi, tamaddi qilishi va ko‘ngil yozishi mumkin bo‘ladigan maxsus sayyohlik ko‘chasiga aylantirish rejalashtirilgan.

Bu loyiha doirasida brend do‘konlar, umumiy ovqatlanish joylari (tematik restoranlar, art-kafelar, qahvaxonalar), suvenir do‘konlari, hunarmandlar ustaxonalarini ochish rejalashtirilgan.

Shunday ishlar qo‘mita tomonidan Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tumanlari hokimiyatlari bilan birgalikda ham olib borilmoqda.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?