Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi ijtimoiy ob’yektlar bilan tanishmoqda

2 daqiqa o'qish6.1K
Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi ijtimoiy ob’yektlar bilan tanishmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yangi loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Toshkent shahridagi bir qator ijtimoiy ob’yektlarga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Davlatimiz rahbari dastlab, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida bunyod etilgan yangi binosi qurilishi va Adiblar xiyobonida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Ma’lumki, davlatimiz rahbari 2017 yilning iyun oyida bu yerga tashrif buyurib, qurilish va obodonlashtirish bilan bog‘liq topshiriqlar bergan edi. O‘tgan 6 oy davomida 9,6 gektardan iborat maydonda ulkan ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining yangi binosi qad rostladi. Bino ikki qavatdan iborat bo‘lib, uning birinchi qavatiga “Jahon adabiyoti”, “Sharq yulduzi”, “Yoshlik” jurnallari tahririyatlari hamda “Ijod” jamoatchilik fondi joylashadi. Binoda 150 o‘rinlik faollar zali ham mavjud bo‘lib, u ijodiy kechalar, badiiy muhokamalarni shu yerning o‘zida o‘tkazish imkonini beradi. Binoning ikkinchi qavatida Yozuvchilar uyushmasi joylashadi. Uning huzurida boy kutubxona ham tashkil etiladi.

Davlatimiz rahbari Uyushma maqomini ko‘tarish, uni xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishga ta’sir ko‘rsatadigan muassasaga aylantirish zarurligini ta’kidladi. Navoiy bobomiz doimo hammani ezgulikka chorlagan, bugungi adabiyotimiz, adiblarimiz ham odamlarni mustaqillikni mustahkamlashga, bunyodkorlik va saxovatga, yoshlarni vatanparvarlikka da’vat qilishi kerak. Ziyoli inson, ijodkor hamisha xalq kamolini o‘ylaydi. Binobarin, yurtimizda ijodkorlar qancha ko‘paysa, jamiyatimiz uchun shuncha foydali bo‘ladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev yurtimizni, tariximiz va bugunimizni, boy merosimizni dunyoga tarannum qiladigan adiblar uchun ijod sharoitini yanada yaxshilash, xususan, Uyushma hovlisini kishini ilhomlantiradigan go‘zal gulzorga aylantirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi. Adiblar xiyobonida har kuni mashhur shoirlarimizning she’rlari yangrab turishi kerak.

Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga binoan Uyushmaning kutubxonasi Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona bilan bog‘lanadi, ijodkorlar uning boy kitob fondidan shu yerdan turib bemalol foydalana oladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev uyushmaning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini yanada yuksaltirish uchun bu yerda ochilgan Adabiyot muzeyi yanada boyitish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadga muvofiq ekanini ta’kidladi.

Ijodkorlar yaratilgan sharoit, yuksak e’tibor uchun davlatimiz rahbariga samimiy minnatdorlik bildirib, xalqimiz ma’naviyatini boyitish, yosh iqtidorlarni yuzaga chiqarish borasida bor kuch-g‘ayratini ishga solishlarini ta’kidladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?