11:51 / 27.02.2018
4 669

Navoiylik kasabaqo‘m temir yo‘lga ishga kiritib qo‘yish uchun 1,3 mln so‘m talab qildi

Navoiylik kasabaqo‘m temir yo‘lga ishga kiritib qo‘yish uchun 1,3 mln so‘m talab qildi
Navoiylik Abdusattor Merganov (ism-sharif shartli) hamshahri B.A.ni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli Uchquduq temir yo‘l masofasiga ishga joylab qo‘yishini aytib, ishonchiga kirdi. Bu haqda “O‘zA”ga tayanib “Daryo” xabar berdi.

Buning evaziga 1,3 million so‘m “xizmat haqi” talab qildi.

Viloyat IIB va tegishli huquq-tartibot organlari xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor tadbir davomida Uchquduq temir yo‘l masofasi kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi A. Merganov pulni olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiylik kasabaqo‘m temir yo‘lga ishga kiritib qo‘yish uchun 1,3 mln so‘m talab qildi