Sergeli-5 da uylar qisqa vaqt ichida uchinchi marta bo‘yalmoqda

Sergeli beshinchi dahasidagi ko‘p qavatli uylar aholisi binolarning tez-tez qayta bo‘yalayotganidan norozi. Yashovchilarning ta’kidlashicha, qisqa vaqt ichida fasadlar uchinchi marta rangga kiyintirilmoqda. Avval oq va terrakota ranglariga bo‘yalgan binolarda endi ko‘k rang ishlatilmoqda. Bu holat aholi orasida tushunmovchilik keltirib chiqardi. Shuningdek, ta’mirlash ishlari davomida ishchilar konditsionerlarning tashqi bloklariga ham bo‘yoq tekkizayotgani aytilmoqda. Yashovchilar xususiy mulkga zarar yetishi va qurilmalarning ishdan chiqishidan xavotirda. Aholi mas’ul shaxslardan ishlarni ehtiyotkorlik bilan olib borishni va sifatga e’tibor berishni talab qilmoqda.
Sergeli-5 dahasidagi ko‘p qavatli uylar qisqa vaqt ichida uchinchi marta qayta bo‘yalayotgani aholi noroziligiga sabab bo‘ldi. Yashovchilarning aytishicha, binolar fasadi avval oq rangga, keyin terrakota tusiga bo‘yalgan. Endi esa uylarni ko‘k rang bilan qoplash ishlari boshlangan.
Ranglarning tez-tez o‘zgartirilishi aholi orasida tushunmovchilik uyg‘otgan. Biroq masala faqat binolar tashqi ko‘rinishi bilan cheklanib qolmayapti. Ta’mirlash ishlari davomida ishchilar konditsionerlarning tashqi bloklariga ham bo‘yoq tekkizayotgani aytilmoqda.
Yashovchilar bu holat qurilmalarning ishdan chiqishiga yoki ularning tashqi ko‘rinishi buzilishiga olib kelishi mumkinligidan xavotirda. Konditsionerlar xususiy mulk hisoblanishi sababli aholi ishlarni ehtiyotkorlik bilan olib borishni talab qilmoqda.































Izohlar 0
…