Onaxon Haj uchun yiqqan puliga mahallasiga suv chiqartirib berdi

1 daqiqa o'qish2.4K
Onaxon Haj uchun yiqqan puliga mahallasiga suv chiqartirib berdi
Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumanilik 81 yoshli Zebuniso ona Ahmedova haj ziyorati uchun yillar davomida jamgʻargan 50 million soʻmdan ortiq mablagʻiga oʻzi yashayotgan Yangiobod mahallasi aholisi uchun toza ichimlik suvi chiqartirib berdi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga tayanib Kun.uz yozmoqda.

— Dinimiz arkonlariga koʻra, haj ziyoratiga borgan odamning oilasida ehtiyoji va qarzi yoʻq, toʻq va toʻkin boʻlishi kerak ekan, — deydi Zebuniso aya. — Mahallam ham mening oilam. Ular qishning sovuq, yozning jazirama kunlarida uch chaqirim naridan suv tashib kelishayotganda, men qanday qilib bemalol haj ziyoratiga boraman. Yosh kelinlarimizning qiynalayotganligini koʻrsam yuragim ezilib ketadi. Toʻgʻrisi, buni oʻzimga qabul qila olmadim.

Yangiobod mahallasida avvallari ta'mirtalab ahvolga kelib qolgan suv tarmoqlari mavjud. Biroq er osti quvurlarining yaroqsiz ahvolga kelib qolishi natijasida suv bosimi juda pasayib ketdi. Zebuniso aya Ahmedovaning tashabbusi bilan yangi quduq kavlanib, mahalladoshlari xonadonlariga zilol suv kirib bordi. Shu bilan birga, hududdagi 49-umumta'lim maktabi, oilaviy poliklinika va 6-maktabgacha ta'lim muassasasi ham barqaror suv ta'minoti bilan ta'minlandi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?