
Toshkent shahrida «Tashkent City» ob’ekti qurilayotgani sababli Ezidyor to‘yxonasi buziladi. Bu haqda Sputnik'ga tayanib Daryo xabar bermoqda.
Ayni damda qurilish ketayotgan hudud – O‘qchi mahallasidan ko‘chirilmagan 20 ta xonadon qolgan. Aholi mart oyi so‘nggi kunlarida gaz ta’minotidan uzib qo‘yilgan edi, ammo, suv va elektr toki bor.
Shayxontohur tumani hokimi Bahodir G‘oyibnazarovning so‘zlariga ko‘ra, Ezidyor to‘yxonasi buziladi. To‘yxona atrofidagi binolar ham tez orada buzilishi kutilmoqda. Ushbu ob’ektlardagi tadbirkorlar o‘zlariga boshqa yer tanlab ulgurmaganlar. Tuman rahbari tadbirkorlarga boshqa hududlardan joy ko‘rsatilganini aytgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar