00:14 / 19.05.2018
4 740

Prezident Andijonga boradi, viloyatda prezident tashrifiga tayyorgarlik avjida

Prezident Andijonga boradi, viloyatda prezident tashrifiga tayyorgarlik avjida
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin vaqtlar ichida joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Andijon viloyatiga tashrif buyurishi kutilmoqda

«Kun.uz» bergan ma’lumotga ko‘ra, ayni vaqtda viloyat hududida tashrifga tayyorgarlik avjida — yo‘llarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Tashrif ko‘p ehtimol bilan haftaning shanba kunida amalga oshirilishi mumkin.

Prezident tashrif davomida viloyatning cho‘l hududi bo‘lgan Ulug‘nor tumanidagi Shahriston mahallasida «Obod qishloq» dasturi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishi, Andijon tumanida «Zamin Bio Health» jamiyati tomonidan yangi ish boshlagan insulin zavodi, «Milano tekstil» korxonasi, «Andijan Silk Co» O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi, Asaka tumanida tashkil etilgan «Sabo hamkor» jamiyatida tashkil etilgan banan bog‘iga borishi kutilmoqda.

Prezident Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga tashriflari vaqtida har bir viloyatning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda turli uchrashuvlar o‘tkazib, amalga oshirilishi lozim loyihalar yuzasidan tavsiyalar berib kelmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident Andijonga boradi, viloyatda prezident tashrifiga tayyorgarlik avjida