18:54 / 08.06.2018
3 296

Vazirlikning o‘qituvchiga pul sochgan talabalar videosiga munosabati: «Bu video 10 yilcha oldin olingan»

Vazirlikning o‘qituvchiga pul sochgan talabalar videosiga munosabati: «Bu video 10 yilcha oldin olingan»
Shu haftada internetda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalari o‘qituvchi ustidan pul sochib, uni mazax qilgani tasvirlangan video tarqaldi. Rolik ijtimoiy tarmoqda katta munozaralarga sabab bo‘ldi.

Videoda dars vaqtida talabalar o‘qituvchining ustidan dollar sochib, milliy qo‘shiqlardan biriga raqsga tushishni taklif etadi.

«Nuz.uz» nashri ushbu Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan bog‘lanib, ushbu videoga izoh so‘ragan. Vazirlik matbuot xizmati vakili esa ushbu video taxminan o‘n yilcha oldin olinganini ma’lum qilgan.

«Ha, shunday bo‘lgan, yoshlarimiz Iqtisodiyot universiteti o‘qituvchisini mazax qilishga urinib ko‘rgan edi. Ammo bu o‘n yilcha oldin ro‘y bergan. Aniq ayta olmayman, 8-10 yillar oldin. O‘shanda bu voqea ishtirokchilarining barchasi jazosini olgandi», degan vazirlik matbuot kotibi Marat Zokirov.

Qayd etish kerakki, YouTube portaliga ham ushbu video 2010 yili joylashtirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)