
Xorazm viloyatining Gurlan tumanida yashovchi X.X. Nexia mashinasini “Toshkent—Xorazm” yo‘lining 412-kilometrida, Buxoro viloyatining Romitan tumanida haydab ketayotib, boshqaruvni uddalay olmay yo‘l chetiga chiqib ketdi va ag‘darildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga tayanib Daryo xabar berdi.
YTH oqibatida ikki ayol — 61 yoshli Sh.Sh. va 59 yoshli D.S. jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, yo‘lovchilardan biri — Sh.Sh. hayotdan ko‘z yumdi.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.