
Podpolkovnik Baxtiyor Nigmanov IIV Toshkent shahar Yo‘l-harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari - Toshkent shahar yo‘l-patrul xizmati brigadasi komandiri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kun.uz Ichki ishlar vazirligidagi manbaga asoslanib xabar bermoqda.
Shu paytgacha ushbu lavozimda Jamshid Jo‘rayev ishlab kelgandi. Baxtiyor Nigmanov esa bungacha Toshkent shahridagi 3ta tuman batalon komandiri sifatida faoliyat yuritgan. Nigmanov Yunusobod, Olmazor va Shayxontohur tumanlarida ish olib borgan.
Toshkent shahar Yo‘l-harakati xavfsizligi boshlig‘ining yana boshqa o‘rinbosari Aziz Sadirov ham o‘z lavozimida faoliyatini davom ettirmoqda.
Toshkent shahar Yo‘l-harakati xavfsizligi sobiq boshlig‘i Barat Mamenov vazifasidan ozod etilganidan buyon bu lavozimga hech kim tayinlanmagan.
PodpolkovnikBaxtiyor NigmanovIIVToshkentYo‘l-harakatiXavfsizlikBoshqarmaTayinlashLavozim O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar