Qidiruvdagi “Macheteli bezori” karavot ostida yashirinib yotgan joyida qoʻlga olindi (video)

1 daqiqa o'qish6.6K
Qidiruvdagi “Macheteli bezori” karavot ostida yashirinib yotgan joyida qoʻlga olindi (video)
Bugun, 27 sentyabr kuni, soat 15:30 atrofida Toshkent shahrining Olmazor tumanida bir yarim oy avval yuz bergan voqea boʻyicha gumonlanuvchi hisoblangan Shohrux Joʻrayev Qobil oʻgʻli qoʻlga olingan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, gumonlanuvchi qarindoshlaridan birining uyidan topilgan. U qoʻlga olingan vaqtida karavot ostida yashirinib yotgan edi.

“Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, koʻrsatilgan qarshilikka qaramay, Joʻrayev Shohrux Qobil oʻgʻli qoʻlga olindi”, — deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, shu yilning avgustida internetda “Spark” va “Jiguli” avtomobillaridagi bir guruh shaxslar oʻrtasida sodir boʻlgan hodisa tasvirlangan video tarqaldi. Unda bir guruh bezorilar bir yigitni koʻchada toʻxtatib, mashinasining oynalarini sindirishgan va oʻzini esa doʻpposlashgani tasvirlangandi. Ulardan birida machete quroli bor edi.

Endilikda voqeaning yana bir ishtirokchisi qidiruvda qolmoqda.

“Jinoiy guruhning yana bir aʼzosi Bahodir Baxtiyorovich Yuldashev qidiruvda qolmoqda”, - deyiladi xabarda.
Qidiruvdagi “Macheteli bezori” karavot ostida yashirinib yotgan joyida qoʻlga olindi (video)
Foto: IIBB
Toshkentliklar va poytaxt mehmonlaridan gumonlanuvchining turar joyi maʼlum boʻlsa, ushbu raqamlar orqali xabar berishi soʻraldi: 102, 272-98-39, 231-95-13, (98) 362-51-14.

Koʻp oʻtmasdan poytaxt IIBB axborot xizmati hodisa tafsilotlarini maʼlum qildi.

Unga koʻra, jabrlanuvchi – 23 yoshli A.Botirjon tanishi Shoxruhdan pul qarz olib, oxirgi 500 ming soʻmni qaytarolmagan. Joʻrayev Shoxruh oʻz sheriklari Bekzod Nuriddinov, G.Ziyovuddin, M.Muzaffar va I.Abdugʻani bilan “Vatan” kinoteatri yonida A.Botirjon va M.Jasur boʻlgan “Spark” mashinasini toʻxtatishgandi.

Keyinroq Shoxruh Joʻrayev va Bekzod Nuriddinov qidiruvga berilgandi. Tez orada 31 yoshli Bekzod Nuritdinov qoʻlga olindi, Shoxruh Joʻrayev esa shu kungacha qidiruvda edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?