Xususiy bogʻcha mudirasi injiqlanayotgan 1 yashar goʻdakni kaltak yordamida tinchlantirgani aniqlandi

1 daqiqa o'qish5K
Xususiy bogʻcha mudirasi injiqlanayotgan 1 yashar goʻdakni kaltak yordamida tinchlantirgani aniqlandi
Voqea Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi “Baby Univer” xususiy bolalar bogʻchasida yuz bergan. 2016 yil 10 dekabrida dunyoga kelgan Mahmudov Davronning onasi shu haqda tegishli tashkilotga shikoyat arizasi bilan murojaat etgan. Bolaning onasi Madina Mahmudovaning aytishicha, shu yil 6 sentyabr soat kunduzgi 15:30 da farzandini olib ketish uchun bogʻchaga tashrif buyurgan. Xuddi oʻshanda bolaning yuz, burnining ustki qismida koʻkargan joylarni koʻrib qolgan.

Surishtirganda, bogʻcha mudirasi Davron boshqa bola bilan mushtlashib qolganini aytgan. Ammo ona bu gapga ishonmagan. Tegishli joyga murojaat etgan. Tibbiy ekspertiza koʻkargan joylar yoshi ulugʻ odamning qoʻl zarbalari hosilasi ekanini aniqlab bergan. Natija shunday boʻlganki, qoʻl zarbalari bogʻcha mudirasi A. G. ga tegishli boʻlib chiqqan.

Yakkasaroy tuman sudi aybdorga nisbatan jazo belgiladi. U eng kam ish haqining uch barobari miqdoridagi jarimaga tortildi. Ammo bogʻcha mudirasi aybini tan olib bolaning yaqinlaridan uzr soʻragan boʻlsa-da, jabrlanuvchi tomon jazodan norozi ekanini bayon qildi.

Manba: uznews. uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?