Nomusxoʻrlar… (yoxud ona hali voyaga yetmagan qizini pul evaziga fohishalik bilan shugʻullanishga majbur etdi)

1 daqiqa o'qish6.9K
Nomusxoʻrlar… (yoxud ona hali voyaga yetmagan qizini pul evaziga fohishalik bilan shugʻullanishga majbur etdi)
Bu sharmandalik va vahshiyona harakat Fargʻona viloyati Beshariq tumanidagi qishloqlarning birida sodir boʻldi. Maʼlum qilishdiki, 39 yoshli Feruza Davronova oʻzining 7- sinfda oʻqiydigan qizini fohishalik bilan shugʻullanishga majbur etgan. Fargʻona viloyat hokimi oʻrinbosari yordamchisi Sayyora Alimova taʼkidlab oʻtdiki, behayo ona qilmishiga yarasha jazosini oldi. Qizaloq esa psixologlar koʻrigidan oʻtgach, Qoʻqon shahridagi maxsus maktab-internatga joylashtirildi.

Beshariq tuman jinoyat sudi Feruza Davronovani 10 yarim yil muddatga ozodlikdan mahrum etish haqida hukm eʼlon qilgan. Qizaloqning nomusini, kelajagini yeb bitirganlar, Chorbogʻturonil qishlogʻida yashovchi Sherzod Balibekov, Jasur Ergashevlar voyaga yetmagan qizni zoʻrlash orqali jinsiy munosabatlarga kirishgani uchun 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Beshariq tuman jinoyat sudi vakili hukm allaqachon ijro etilgani va aybdorlar ayni vaqtda jazoni oʻtash koloniyalariga joylashtirilganini maʼlum qilgan.

Ha, aybdorlar qilmishiga yarasha jazosini oldi. Bu haqli jazo. Ammo qizaloq-chi? U kelajagidan, nomusidan ayrildi. Shafqatsiz va benomus onaning tazyiqi ostida jirkanch ishlarga jalb etildi va hali 14 yoshga yetmay, yana oʻsha ona aybi bilan homilador boʻlishga, keyinchalik abort stoliga yotishga majbur boʻldi. Bu sharmandaliklar, murgʻak yuzlariga dogʻ boʻlib tushgan koʻrgilik qachon qizaloqni tark etadi? Albatta, buni yolgʻiz Ollohning oʻzi biladi. Istardikki, Yaratgan barcha bandalarga insof-tavfiq bersa, hech kim iblis yetagida qolmasa va oʻzining odam koʻrinishidagi qiyofasidan ayrilmasa.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?