Gulnora Karimovaning qizi Imon “Onam endi uyda” deb xabar berdi
1 daqiqa o'qish10K

Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 20 yoshli nevarasi, Gulnora Karimovaning qizi Imon oʻzining Instagramʻdagi sahifasida “onam endi uyda” deb yozib qoldirdi deya xabar bermoqda Daryo.uz nashri.
U shuningdek, Istanbul—London reysining talonini ham eʼlon qildi. Imonning sahifasidagi suratlarga koʻra, u hozirda Londonda.

Avvalroq, Imonning Londonga uchib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Xabaringiz bor Gulnora Karimova 2015 yilning avgustida jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati sudi tomonidan bir qator jinoyatlarda aybdor deb topilgan. Jumladan, Karimova jinoiy guruh tuzishga aloqadorlik, oʻgʻirlik, pul undirish, davlat mablagʻlarini oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborish, soliqlar toʻlashdan bosh tortish singari jinoyatlarda ayblangan va 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

- #Gulnora Karimova
- #Imon Instagram
- #Istanbul London
- #Oʻzbekiston Prezidenti
- #Islom Karimov
- #Jinoyat Ishlari
- #Toshkent Viloyati
- #Oʻgʻirlik Jinoyati
- #Ozodlikdan Mahrum
Maqola sizga yoqdimi?
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0
…