09:44 / 10.10.2018
3 891

Toshkentda qaynotasiga “jahl qilgan” kuyov xotinini pichoqlab tashladi

Toshkentda qaynotasiga “jahl qilgan” kuyov xotinini pichoqlab tashladi
Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashagan Bahodir Yusufjonov va Gulnoza Yusufjonova (Ismoilova) turmush qurib ahil va inoq yashab kelishayotgan edi.

Ular 2014 yilda oʻgʻil farzandli boʻlishdi hamda unga Muhammadali deb ism qoʻyishdi. 2016 yilda esa qiz farzandli boʻlib, unga Muslima deb ism berishdi.

Oiladagi oʻzaro janjal, dastavval Bahodir davolanish uchun Hindistonga borib kelishini hamda oʻziga hamroh qilib farzandi Muhammadalini olib ketishini aytganidan boshlandi. Sababi, bunga qaynotasi Oʻtkir Ismoilov qattiq qarshilik qildi.

Oʻzaro tortishuvlardan keyin Bahodir oʻz xotinini ham Hindistonga olib ketishga majbur boʻldi. Ular Hindistonga borib qisqa muddat boʻlishgach, Bahodir xotinini mehmonxonada qoldirib, oʻgʻlini olib Turkiya davlatiga ketib qoladi.

U Turkiyada boʻlgan vaqtida qaynotasiga telefon qilib, men endi mana oʻgʻlim bilan Kanada yoki Suriyaga ketaman deya xabar qoldiraveradi.

Voqea keskin tus olganidan aralashishga majbur boʻlgan Bahodirning onasi Robiya aya sogʻligi yomonlashayotgani sababli, oʻgʻli tezda yetib kelishini aytib uni chaqirib oladi.

Bahodir Toshkentga kelganda esa uni huquq tartibot idoralari xodimlari chaqirib, oʻz bolasini oʻgʻirlab ketganlikda ham ayblanishi mumkinligini aytishadi. Bu Bahodirning oʻz qaynotasi va xotiniga nisbatan nafratini yana oshirgan edi.

U qaynotasining oilasiga aralashayotgan dargʻazab boʻlib, bor alamini xotinidan oldi. Tungi soat 01:30da yotoqxonaga uxlab yotgan xotinining qorin qismiga 3-4 marta mushtladi va oʻz alamini olgan kishi boʻldi. Bunga javoban Gulnoza erining qoʻlini tishlab oldi.

Bundan battar jahli chiqqan Bahodir avvaldan yostigʻi tagiga berkitib qoʻygan oshxona pichogʻini olib Gulnozani badaniga sancha boshladi. Shovqindan uygʻonib ketgan oʻgʻli Muhammadalini ham pichoq bilan qoʻrqitib, qotillikni davom ettirdi. U Gulnozaning oʻlganiga ishonch hosil qilganidan keyingina, uning ustiga koʻrpani yopib avtomashinasiga oʻtirib, qoʻshni davlatga chiqib ketish uchun chegaraga qarab yoʻl oldi.

«7news.uz» ga taqdim qilingan maʼlumotlarga koʻra, Bahodir kunduz soat taxminan 12:00 da davlat chegarasini buzib oʻtayotganda qoʻlga olingan.

Chegarada qoʻlga olingan Bahodirning asl qilmishi ham fosh etildi va unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudining sudyasi Iroda Muhamedovaning maʼlumotlariga koʻra, ayblanuvchi uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan hamda sudlanuvchidan marhumaning dafn marosimlari va advokat xizmatlari uchun sarflangan 12 million 350 ming soʻm moddiy va 50 million soʻm maʼnaviy zarar jabrlanuvchining qonuniy vakili Oʻ. Usmonovga undirish belgilangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda qaynotasiga “jahl qilgan” kuyov xotinini pichoqlab tashladi