Prezident stipendiyasini berish tartibiga oʻzgartirish kiritilmoqda

1 daqiqa o'qish2.8K
Prezident stipendiyasini berish tartibiga oʻzgartirish kiritilmoqda
Prezident davlat stipendiyasini berish tartibiga oʻzgartish kiritish taklif qilinmoqda. “Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining 1993 yil 5 fevraldagi PF-555-son “Oʻzbekistonning oʻquvchi yoshlarini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida”gi farmoniga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi hujjat loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasiga qoʻyildi, deb xabar bermoqda Turon24.

Birinchi bandda kiritilayotgan oʻzgarishga koʻra, tadqiqotchilik faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirayotgan va butun oʻqish davrini aʼlo baholarga oʻqigan oxirgi oʻquv yili talabalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining Davlat stipendiyalari taʼsis etiladi.

Avvalgi hujjatda sal boshqacharoq edi: “Oxirgi yil oʻqiyotgan talabalar va aspirantlar — butun oʻqish davridagi aʼlochilar hamda tadqiqotchilik faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirayotganlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining Davlat stipendiyalari taʼsis qilinsin”.

Shuningdek, yangi hujjatga koʻra, stipendiatlarning soni magistratura mutaxassisliklari boʻyicha 11 ta, bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha har bir oliy taʼlim muassasasi uchun bittadan boʻlib, har biri talaba oʻrtacha stipendiyasining uch barobari miqdorida belgilanishi taklif qilingan.

Avvalgi farmonga koʻra, ushbu stipendiyalar soni talabalar uchun har biri talabaning oʻrtacha stipendiyasi miqdoridan uch karra koʻp boʻlgan 10 ta va aspirantlar uchun — har biri aspirant stipendiyasi miqdoridan ikki karra koʻp boʻlgan 5 ta etib belgilangan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?