Joriy yil so‘ziga qadar O‘zbekistonda jurnalistlar odob-axloq kodeksi qabul qilinishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zA Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan «OAV sohasida o‘zini o‘zi boshqarishning samarali usullari» mavzusidagi davra suhbati yakunlari bo‘yicha xabar qildi.
O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur davra suhbatida asosiy e’tibor O‘zbekiston jurnalistlarining odob-axloq kodeksi loyihasi muhokamasiga qaratildi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, YuNESKO, Yevropa Ittifoqining Toshkentdagi vakolatxonalari, «Regional dialog» xalqaro tashkiloti, Buyuk Britaniya elchixonasi vakillari, axborot sohasi mutaxassislari, yetakchi ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
«O‘zbekiston jurnalistlari odob-axloq kodeksini qabul qilish biz uchun juda muhimdir. Dunyoning rivojlangan davlatlarida jurnalistlarning professional kasb etikasi kodekslari mavjud va ularda barchamiz uchun muhim bo‘lgan qoidalar aks etgan. Shu o‘rinda jurnalistik faoliyat etikasi yuridik me’yor emasligini alohida qayd etish lozim. U media muhitda qabul qilinadigan va jamoatchilik fikri bilan qo‘llab-quvvatlanadigan ma’naviy-axloqiy yo‘riqnoma hisoblanadi», — dedi O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Sa’dulla Hakimov.
Kodeks loyihasi O‘zbekistondagi bir qator media tuzilmalari tomonidan jurnalistlar va soha ekspertlari, fuqarolik institutlari, manfaatdor tashkilotlar vakillari ishtirokida ishlab chiqilgan. Unda Konstitutsiyamiz va amaldagi qonunchilik, milliy mentalitet va xalqaro huquqiy me’yorlar, xususan, «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi», «Xalqaro jurnalistika professional etika tamoyillari», «Xalqaro jurnalist axloqi tamoyillari deklaratsiyasi» kabi hujjatlardagi asosiy tamoyillar hisobga olingan.
Tadbirda ishtirok etgan xalqaro tashkilotlar vakillari xorij amaliyotida jurnalistlarning odob-axloq qoidalariga rioya etilishi borasidagi mavjud tajribalari bilan ishtirokchilarni tanishtirdi, taklif-mulohazalarini bildirdi.
Tadbirda O‘zbekiston jurnalistlari odob-axloq kodeksi loyihasini ommaviy axborot vositalari orqali ochiq muhokamaga qo‘yish, unda bildirilgan taklif va tavsiyalar e’tiborga olingan holda kodeksni joriy yil yakuniga qadar qabul qilish, uning amaliyotdagi ijrosini nazorat qiluvchi jamoatchilik kengashini tuzishga kelishib olindi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?