13:49 / 15.11.2018
4 657

Shavkat Mirziyoyev Nukus xalqaro aeroportini ko‘zdan kechirdi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Nukus xalqaro aeroportini ko‘zdan kechirdi (foto)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 noyabr kuni Nukus shahriga tashrif buyurib, dastlab Nukus xalqaro aeroportida amalga oshirilgan modernizatsiya ishlarini ko‘zdan kechirdi, deb xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil yanvar oyidagi tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida bu yerda qariyb 80 milliard so‘mlik ishlar bajarilgan. Aeroport binosi rekonstruksiya qilinib, terminal kengaytirilgan, zamonaviy jihozlangan.

Shavkat Mirziyoyev Nukus xalqaro aeroporti Qoraqalpog‘istonni iqtisodiy rivojlantirish, biznes aloqalarni kengaytirish, turistlar oqimini ko‘paytirishga xizmat qilishini ta’kidladi.





arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev Nukus xalqaro aeroportini ko‘zdan kechirdi (foto)