O‘zbekistonda ekoturizmni tashkil qilish uchun suv omborlari ochiladi, deb xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.
Bunda gap Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Andijon, Jizzax, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari haqida bormoqda. Jami 18 ta suvda dam olish zonalarini tashkil qilish rejalashtirilmoqda.
Nizomga muvofiq, yuridik va jismoniy shaxslar yer maydonlarini elektron auksion orqali uzoq muddatli ijaraga olishi mumkin.
Avvalroq Fransiyaning turizm va rekreatsion zonalar yaratish sohasida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalarini «Chorvoq» erkin turistik zonasini yaratish doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarga jalb qilish masalalarini muhokama qilingan edi. Fransiyaning turizm sohasidagi Orex Loisirs, Compagnie des Alpes, Geode, Egis, Epode va Patriarche kompaniyalaridan iborat konsorsiumi 21 noyabr Fransiya elchisi ishtirokida Toshkent viloyati hokimiyati bilan bitim imzoladi. Mazkur bitim Fransiya hukumati tomonidan «Chorvoq» erkin sayyohlik zonasini loyihalashtirish bo‘yicha mablag‘ ajratilganidan so‘ng imzolandi. Konsorsium ishchi guruhi hududni dastlabki o‘rganish ishlarini boshladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin