
FVV ijtimoiy tarmoqlarda «Qamchiq» dovonida qor yog‘ishi natijasida tirbandliklar yuzaga kelganligi to‘g‘risida tarqalgan ma’lumotlarni rad etdi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda 8 yanvar kuni «Qamchiq» dovonida qor yog‘ishi natijasida tirbandliklar yuzaga kelganligi to‘g‘risida asossiz ma’lumotlar tarqaldi. Ushbu ma’lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida quyidagilarni ma’lum qilamiz:

A-373 «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining «Qamchiq» dovonida 2019 yilning 8 yanvar kuni qor yog‘ishi kuzatilgan va o‘rtacha harorat -4 darajani tashkil etgan, yo‘lning qatnov qismida ikki tomonlama harakat amalga oshirilgan, qor uyumlari va muzlamalar, shuningdek, hech qanday tirbandliklar yuzaga kelmagan», - deya ta’kidlab o‘tishgan FVVdan.
«O‘zgidromet» xizmati tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 10 yanvar kuni «Qamchiq» dovonida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, tuman tushishi ehtimoli mavjud, 7-12 m/s tezlikda shamol esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar