Vazirlar Mahkamasi qarori bilan 2019 yilda Toshkent shahridan o‘tadigan kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Amalga oshiriladigan ish hajmi bo‘yicha umumiy o‘lcham - 22,1 km. Taxminiy qiymat - 192,7 mlrd so‘m. Moliyalashtirish manbasida eng ko‘p ulush investor mablag‘larida - 111,7 mlrd so‘m. Respublika byudjetidan 32,7 mlrd so‘m ajratilishi rejalashtirilmoqda, yana 48,2 mlrd so‘m - mahalliy byudjet.
O‘ziga xos sayilgohlar «Qoraqamish» kollektori, Salar, Damashi, Qorasuv, Bektemir, Bo‘zsuv, Jo‘n, Bo‘rijar kanallarining alohida qismlari bo‘ylab tashkil etiladi.
Masalan, Mirzo Ulug‘bek tumanida «Do‘rmon yo‘li» ko‘chasidan «Ziyolilar» ko‘chasigacha bo‘lgan «Salar» kanalining Botanika bog‘iga tutash qismida qirg‘oqlar mustahkamlanadi va sayilgoh tashkil etiladi. Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek tumanidan oqib o‘tuvchi «Qorasuv» kanalining «Temur Malik» ko‘chasidan «Do‘rmon yo‘li» ko‘chasigacha bo‘lgan qismi obodonlashtiriladi va sayilgoh tashkil etiladi.
Eng qimmat loyiha - Uchtepa tumanidan oqib o‘tuvchi «Bo‘zsuv» kanalining «Farhod» ko‘chasidan Toshkent halqa avtomobil yo‘ligacha bo‘lgan qismini obodonlashtirish - 30,5 mlrd so‘m, 3,5 km.
Yunusobod tumanida «Yuqori Qoraqamish» ko‘chasidan oqib o‘tuvchi «Qoraqamish» kollektoriga tutash hududda, Olmazor tumanida - «Damashi» kanalining «Qorasaroy» ko‘chasidan «Keles yo‘li» ko‘chasigacha bo‘lgan qismida, Yashnobod tumanida - Qorasuv» kanalining «Boysun» ko‘chasidan «Farg‘ona yo‘li» ko‘chasigacha bo‘lgan qismida, Mirobod tumanida - «Qorasuv» kanalining «Farg‘ona yo‘li» ko‘chasidan «Fitrat» ko‘chasigacha bo‘lgan qismida, Bektemirda - «Bektemir» kanalining «Husayn Boyqaro» ko‘chasidan «Bilol Nozim» ko‘chasigacha bo‘lgan qismida, Yakkasaroy tumanida - «Salar» kanalining «Bobur» ko‘chasidan Kichik halqa avtomobil yo‘ligacha bo‘lgan qismida, Shayxontohur va Chilonzor tumanlari chegarasida - «Baynalmilal» ko‘chasiga tutash qismidan oqib o‘tuvchi «Bo‘zsuv» kanalining «Oqtepa» maydonidan «Oqtepa» gidro elektr stansiyasigacha bo‘lgan qismida, Sergelida - «Choshtepa» mahallasidan oqib o‘tuvchi «Jo‘n» kanalining qirg‘oq qismida, Chilonzor tumanida - «Bo‘rijar» kanalining Kichik halqa avtomobil yo‘liga tutash qismining qirg‘oqlari obodonlashtiriladi va sayilgoh tashkil etiladi.
Toshkent shahar hokimligiga magistral kanallarga tutash hududlarda zamonaviy landshaft me’morchiligini qo‘llagan holda tematik xiyobonlar tashkil etish, amfiteatrlar va aholi dam olishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida madaniy-ko‘ngilochar maskanlar ochish vazifasi yuklatildi.
Kutilishicha, turistlar uchun shaharning jozibadorligini oshirish yo‘nalishida kanallarga tutash hududlarda istiqbolli loyihalar amalga oshiriladi. Shuning uchun bu yerdagi kanallarga tutash hududlarda sport va sog‘lomlashtirish (baydarka va kanoeda eshkak eshish, yugurish va velosiped yo‘laklari) maskanlari, yengil konstruksiyadagi umumiy ovqatlanish maskanlari, «Wi-Fi» hududlar va musiqali favvoralar, «Bo‘zsuv» kanalining Chilonzor tumanidan o‘tgan qismida 800 metr masofada investorlar hisobidan «Gondola» qayiqlarida sayr qilish maskanlari, kanallarga tutash hududlarda «Book cafe», «Open air» kinoteatrlari, «Ekstremal sport turlari», «Sun’iy plyaj» tashkil etiladi.
Barcha ishlarni 2019 yil dekabr oyiga qadar yakunlash rejalashtirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi