Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun eʼlon qilingan maxsus stipendiya va stajirovka oʻtash tanlovining natijalari eʼlon qilindi.
Markaziy bank axborot xizmati maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi oliy oʻquv yurtlari talabalari uchun eʼlon qilingan maxsus stipendiya va stajirovka oʻtash tanloviga muvofiq, oʻtkazilgan 3 bosqichli tanlov natijalariga koʻra, 320 nafar talabgor orasidan 40 nafar talaba Markaziy bank stipendiyasiga munosib deb topildi va toʻrt oy davomida Markaziy bankning faoliyati bilan tanishish imkoniyatiga ega boʻldi.
28 fevral kuni Markaziy bankda stipendiatlar uchun qabul marosimi tashkil qilinib, Markaziy bank Raisi M.Nurmuratov rahbarligidagi Boshqaruv aʼzolari Markaziy bankning stipendiyasiga munosib topilgan barcha talabalarni oliy oʻquv yurtlarida olgan bilimlarini amaliy koʻnikmalar bilan mustahkamlash imkoniyatiga ega boʻlganliklari bilan tabriklashdi.
Markaziy bank faoliyati va asosiy vazifalarini toʻliq tushunib yetish uchun har bir stipendiat mart oyidan boshlab 4 oy davomida Markaziy bankning turli departamentlarida amaliyot oʻtaydi.
Mazkur dastur kadrlarni talabalik davridan boshlab maqsadli ravishda tayyorlash va makroiqtisodiy siyosat va Markaziy bank faoliyatiga oid bilimlarini oshirishni ragʻbatlantirish maqsadida keyinchalik Markaziy bankka ishga joylashish imkonini beradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Gollivudning eng uyatchan yulduzlari (foto)
“Chelsi”ning eng yomon o‘yinchilari nomi aytildi
Qon tomirlari uchun xavfli bo‘lgan 3 mahsulot
YECHL 1/2 final. "Borussiya" ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba qozonib, ilk finalchiga aylandi
“Chelsi” 2024 yilda kimlar bilan xayrlashadi?
Amerikaliklarning 60 foizdan ortig‘i AQSH prezidentining iqtisodiy islohotlaridan norozi bo‘lmoqda