Bugun, 9 oktyabr kuni, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi binosida Jahon Banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki va vazirlik vakillari ishtirokida «Infratuzilmani rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishdagi yangicha yondashuvlar» mavzusida konferensiya o‘tkazildi.
Anjumanda moliyaviy instuitutlar tomonidan ajratiladigan mablag‘ evaziga qishloq hududlari infratuzilmasini yaxshilash va aholi yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu loyihalar «Obod qishloq» dasturi doirasida 2020 yildan boshlab Jahon banki va mahalliy hukumat mablag‘lari asosida respublikaning yashash sharoiti og‘ir qishloqlariga tatbiq qilinadi. Vazirlik qoshida tashkil etilgan «Obod qishloq» loyihasi guruhi direktori Jamshid Fayozov loyiha qay tartibda amalga oshirilishi va unga sarflanadigan xarajatlar bo‘yicha axborot berdi.
«Loyiha respublikasning 400dan ortiq qishloqlarini qamrab olgan. Bu hududlar Farg‘ona, Namangan, Andijon, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida joylashgan. Sizlarga Kogon, Chortoq va Yangiyo‘l shaharlari infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan loyiha haqida ma’lumot taqdim etamiz. Nima uchun aynan bu shaharlar tanlangan? Chunki ularning har biri o‘ziga xos imkoniyatlarga ega. Masalan, Chortoq shahri shifobaxsh mineral suvi bilan mashhur.
Bu yerda maxsus eko yo‘lak qurmoqchimiz. Ushbu yo‘lak bo‘ylab sanatoriya tashkil qilinadi, salkam 60 kilometrli suv ta’minoti tizimi yaxshilanadi, 10 kilometr uzunlikdagi velosiped va piyodalar yo‘lakchasi, shuningdek, ko‘prik quriladi. Buxoroning Kogon shahrida esa tarixiy obidalar tiklanadi, Buxoro-Kogon avtobus yo‘nalishi ta’mirlanadi. Yangiyo‘l shahrida suv ta’minoti yaxshilanishi ko‘zda tutilmoqda», deya uning so‘zlarini keltiradi Kun.uz nashri.
Fayozovning qo‘shimcha qilishicha, ushbu loyihaga qariyb 125 mln AQSh dollari ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, uning 100 million dollari xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan yo‘naltiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?