Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari uyidan 1,5 million dollar topilgani rostmi?

1 daqiqa o'qish3.2K
Yunusobod tumani hokimi o‘rinbosari uyidan 1,5 million dollar topilgani rostmi?
Yunusobod tumani hokimining qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Erkin Zohidovning uyidan 1,5 million dollar miqdoridagi naqd pul topilgani haqida tarqalgan xabar o‘z isbotini topmadi. Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsiddinov pora bilan qo‘lga olingan amaldor ishi bo‘yicha bergan qo‘shimcha ma’lumotida uning uyidagi tintuv vaqtida bunday yirik miqdordagi mablag‘ topilgani haqidagi xabarni rad etdi.

«Bosh prokuratura tomonidan Yunusobod tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.Zohidovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ish hujjatlariga ko‘ra, E.Zohidov 2019 yil 10 oktyabr kuni soat 21:00larda o‘z xizmat xonasida fuqaro R.Mamatqulovdan pora tariqasida 5 ming AQSh dollari miqdorida pul mablag‘larini olgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

Shu bilan birga, E.Zohidovni xizmat xonasi ko‘zdan kechirish jarayonida uning ish stoli tortmasidan 5 ming AQSh dollari hamda o‘zining nomiga Toshkent-Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha aviachipta «bron» qilinganini tasdiqlovchi hujjat aniqlanib, bayonnoma asosida olingan.

2019 yil 11 oktyabr kuni mazkur holat yuzasidan Departament tomonidan E.Zohidovga nisbatan JKning 210-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlarini davom ettirish uchun Bosh prokuraturaga yuborilgan. 12 oktyabr kuni E.Zohidov JKning 210-moddasi 2-qismi «v» bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, ushlangan.

E.Zohidovning uyida 1,5 mln. AQSh dollari va Maldiv orollariga aviachipta aniqlanmagan», deyiladi ma’lumotda.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Erkin Zohidov (1971 y. t.) — 1994 yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan. Labzak Stroy Plus kompaniyasi direktori moliya masalalari bo‘yicha maslahatchisi (2010−2016), Makon Kapital Invest (2016−2019) moliyaviy maslahatchisi vazifalari ishlagan. 2019 yildan Yunusobod tuman hokimi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?