06:55 / 14.11.2019
5 772

Uolter o'z o'rtoqlari bilan birga xotinini zo'rlagach, ayol uni otib o'ldirdi...

Uolter o'z o'rtoqlari bilan birga xotinini zo'rlagach, ayol uni otib o'ldirdi...
Mirror nashrining xabarlariga ko‘ra, Linda Kush ismli ayol o‘z erini o‘ldirgani uchun umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan. Bu ayol marhum eri Uolter bilan uchrashganida o‘spirin qiz edi. Ular ilk bora to‘y marosimida tanishib qolishgan, Uolter shu qadar kelishgan yigit ediki, qiz unga shaydo bo‘lib qoladi. Yosh Linda bu kelishgan yigit u bilan uchrashuvga chiqmoqchi bo‘lganida quloqlariga ishonmagan edi.

16 yashar Linda to‘y taklifini eshitganida baxtiyor edi hamda qizaloq buni sevgi deb o‘ylagandi. Er-xotinning munosabatlari Lindaning birinchi homilasi Roksanagacha yaxshi edi. Uolter Roksana tug‘ilish arafasida xotinini zinadan itarib yuboradi. Linda qizaloqni dunyoga keltirgach uyiga keladi va eri unga bolani boqish va voyaga yetkazishning barcha masu’liyatlari Lindaning bo‘ynida ekanini aytadi. Uolter yillar mobaynida ayoli va qizini tinmay kaltaklab, azoblab kelgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, Uolter hattoki o‘zining tunda sang‘ib yuradigan o‘rtoqlarini ayoli bilan yotadigan xonasiga ham olib kiravergan.

Bir kuni eri Lindadan o‘rtoqlari bilan ham jinsiy aloqada bo‘lishini talab qilgan va birgalashib uning ustidan kulishgan. Uolterning barcha o‘rtoqlari bir bo‘lib Lindani muntazam zo‘rlab kelishgan. Bundan qutilish maqsadida Linda kollejga o‘qishga kirishga qaror qiladi. Bu esa eriga sira ham yoqmaydi. Linda umrida ilk bora eriga qarshi chiqadi, ular qattiq mushtlashishadi. Shundan so‘ng Linda erining boshiga o‘q uzgan va uni hovlisidagi boqqa ko‘mib tashlagan. Bu ishda Lindaning uch nafar farzandi ham qatnashgan. Bu voqea 1984 yil oktyabr oqshomida sodir bo‘lgan. Ayol bu tasodif bo‘lgani va uni hech qachon o‘ldirishni xohlamagani haqida gapiradi. Linda hozirda qamoqda, biroq u chindan ham ushbu jazoga loyiqmi? Uning tarixi aks etgan film ham suratga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uolter o'z o'rtoqlari bilan birga xotinini zo'rlagach, ayol uni otib o'ldirdi...