Neymar JCH-2026dagi debyutidan so‘ng ko‘z yoshlarini tiya olmadi...

Braziliya milliy jamoasi hujumchisi Neymar 2026 yilgi jahon chempionatining guruh bosqichidan o'rin olgan Shotlandiyaga qarshi bahsda uzoq tanaffus va jarohatdan so'ng maydonga qaytdi. 33 yoshli futbolchi o'yindan keyin hissiyotlarini jilovlay olmay, kiyinish xonasida yig'lagani va o'z mamlakatiga yordam bera olayotganidan baxtiyor ekanini bildirdi.
Braziliya milliy jamoasi hujumchisi Neymar 2026 yilgi jahon chempionatidagi ilk o‘yinidan keyin o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi.
33 yoshli futbolchi guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Shotlandiyaga qarshi uchrashuvning 76-daqiqasida Mateus Kunya o‘rniga maydonga tushdi. Uzoq tanaffus va jarohatdan keyin yana mundial maydoniga qaytgan Neymar uchun bu daqiqalar alohida ahamiyat kasb etdi.
Futbolchining aytishicha, uchrashuvdan keyin u hissiyotlarini jilovlay olmagan.
«Ha, kiyinish xonasida yig‘ladim. Xudoga shukr, yana mamlakatimga yordam bera olyapman. Bundan juda baxtliman», — deya Neymarning so‘zlarini keltirdi taniqli insayder Fabritsio Romano.
Braziliya milliy jamoasi mazkur bahsda Shotlandiyani 3:0 hisobida ishonchli mag‘lub etdi. Vinisius Junior dubl qayd etgan bo‘lsa, yana bir golni Mateus Kunya urdi.
Ushbu g‘alabadan keyin Braziliya guruh bosqichini 7 ochko bilan birinchi o‘rinda yakunlab, pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
Neymar esa jarohatdan tiklanganidan keyin JCH-2026dagi ilk daqiqalarini aynan Shotlandiyaga qarshi bahsda o‘tkazdi. Uning qaytishi pley-off oldidan Braziliya uchun muhim voqea bo‘ldi.































Izohlar 0
…