3 324
Odamlarning 1 milliard so‘mdan ortiq pul mablag‘larini talon-taroj qilib yuborgan "lizingchilar” ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angren shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, «A.U.G.» MChJ ta’sischisi Sh.O. va rahbari I.F.lar oldindan til biriktirib, respublikamizda ishlab chiqarilgan avtomashinalarni kredit va lizing shartnomalari asosida olib berish haqida fuqarolarni aldab, ishonchini suiiste’mol qilib, 61 nafar fuqarolarning 1,2 mlrd. so‘m pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklari aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, tekshiruvda Sh.O. va I.F.lar faoliyati davomida, Sh.O.ning turmush o‘rtog‘ining nomiga «Lasetti», «Cobalt», «Nexia-3», «Spark» va «Damas» rusumli jami 13 ta avtomashinalarni xarid qilib, jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarini legallashtirganliklari fosh etilgan.
Mazkur holat yuzasidan, «A.U.G.» MChJ ta’sischisi Sh.O. va rahbari I.F.larga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi