O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019 yil 20 dekabrdagi 11-son bayoni bilan 2020/2021 o‘quv yili qabulidan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabariga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yili qabulidan test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi ikki bo‘limga ajratiladi:
Birinchi bo‘limga – barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari kiritiladi.
Mazkur uchala fandan 15 tadan jami 45 ta test topshirig‘i beriladi. Har bir to‘g‘ri javobga 2,1 ball beriladi, maksimal ball – 94,5 ball.
Ikkinchi bo‘limga – abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan kiritiladi.
Har bir fandan 30 tadan jami 60 ta test savoli beriladi. Har bir to‘g‘ri javob 3,1 ball bilan baholanadi. Maksimal ball – 186 ball.
Keyingi o‘quv yili qabulida abituriyentga 5 ta fan bo‘yicha jami 105 ta test topshirig‘i beriladi. To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 280,5 ball.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin