
Shu yilning 11 yanvar kuni soat 12:10larda Bektemir tumani, TXAY ko‘chasidagi «Toshkent qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ulgurji bozori» AJ hududida qotillik sodir etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, A.Ismoilov (1965 y.t., sudlanmagan, ishchi) tanishi A.Abdurahmonov (1975 y.t., sudlanmagan, ishchi) bilan yuk tushirish va ortish uchun mijoz talashib, o‘zaro janjallashib, yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan chap ko‘krak sohasiga bir marotaba urib, qasddan o‘ldirgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan A.Ismoilovga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan (u ushlangan). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar