13:15 / 13.01.2020
3 536

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi

Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi
Sessiyada ishtirok etgan O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Toshkent shahar hokimi lavozimiga 48-Tinchlik saylov okrugidan saylangan deputat Artikxodjayev Jahongir Abidovichning nomzodini Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyasida tasdiqlash to‘g‘risida Taqdimnomani o‘qib eshittirdi.

“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Toshkent shahar hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaror bir ovozdan ma’qullandi.

Reglamentga muvofiq, sessiyada “Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari Qo‘shma majlisi Maslahat Kengashi azoligiga nomzodni tavsiya etish to‘g‘risida”gi masala ham ko‘rib chiqildi va Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qarori bilan taklif etilgan nomzodlar tasdiqlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi