Foto: tashkentzoo.uz
22 yanvar kuni, Toshkent shahar hokimligida «2019 yilda Toshkent shahrida yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida erishilgan yutuqlar va kelgusidagi vazifalar» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda ishtirok etgan shahar hokimi o‘rinbosari Elbek Shukurov Toshkent hayvonot bog‘ini rekonstruksiya qilish masalasi bo‘yicha axborot berdi.
«Joriy yilda Toshkent hayvonot bog‘i rekonstruksiya qilinadi. Bunda Birlashgan Arab Amirliklari tajribasiga tayanamiz. Chunki ushbu mamlakat hayvonot bog‘lari dunyo standartiga javob beradi. Bu yo‘nalishda xalqaro talablarga javob berishimiz kerak.
Toshkent hayvonot bog‘ida hal qilinishi zarur bo‘lgan muammolar talaygina. Masalan, jonivorlarni parvarishlash, ularning oziq-ovqat ta’minoti, infratuzilmasi va boshqalar. Ushbu masalalarni hal qilish uchun katta ishchi guruhi tuzilgan. Rekonstruksiya ishlari bir necha bosqichni qamrab olgan. Birinchi bosqichda 5 million dollar ajratiladi. Bu yo‘nalishda BAA ekspertlari bilan hamkorlikda faoliyat olib borilmoqda», deydi Elbek Shukurov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi